Engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov MMA dan ketayotganini e`lon qildi.
Sobiq chempion “Habib MMA industriyasini butunlay tark etmoqda. Endi u MMA bilan bog`liq hech qanday vazifalarni bajarmaydi. Sportchining bunday qarorga kelishiga asosiy sabab — oilasiga ko`proq vaqt ajratish”, — degan xabarni o`z Instagram sahifasida ulashdi.
Ma`lumot , Nurmagomedov 2020 yilning 24 oktyabrida UFC 254 musobaqasida oktagondagi oxirgi jangini o`tkazgan. Ushbu musobaqadagi jang orqali Habib ketma-ket uchinchi bor chempionlik kamarini himoya qilgan. Umumiy hisobda bu dog`istonlik jangchining 29-g`alabasi edi va u umumiy reytingida birinchi o`ringa ko`tarilgandi.