Senegalning Kafrin viloyatida ikki avtobusning to`qnashuvi oqibatida 38 kishi halok bo`ldi, 100 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bir necha o`nlab halok bo`lgan voqea haqida mahalliy Senenews portali xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qurbonlar soni 38 kishini tashkil etadi, kamida 100 kishi jarohat olgan. Dakardan kelayotgan avtobus Kedugu viloyatidan kelayotgan boshqa avtobus bilan to`qnashib ketdi”, — deyiladi xabarda.
Prezident Maki Sall fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi va mamlakatda uch kunlik motam e`lon qildi.






