1

Yuragingizni test orqali tekshirib ko`ring!

Salomatlik 19.09.2016, 13:02
Teglar: Salomatlik, Tibbiyot
Yuragingizni test orqali tekshirib ko`ring!

Quyidagi test orqali organizmingizda kuzatilayotgan o`zgarishlarga aniqlik kiritishingiz mumkin.

1.   Lohaslik qiynamaydimi?
•  Ha, tez-tez shunday bo`ladi – 3 ball
•  Yo`q, doim tetikman – 0 ball
•  Ba`zan lohas va quvvatsiz bo`lib qolaman. Ayniqsa, asabiylashsam – 1 ball

2.  Uyqusizlik bezovta qiladimi?
•  Tunda bir necha marta uyg`onib ketaman – 2 ball
•  Uxlashim juda qiyin – 2 ball
•  Uyqusizlik bezovta qilmaydi – 0 ball

3.Qon bosimingiz ko`tarilib ketmaydimi?
•  Yo`q – 0 ball
•  Ba`zan shunday bo`lib turadi – 4 ball

4.  Zinadan ko`tarilayotganda nafas qisishi yoki hansirash kuzatilmaydimi?
•  Shunday bo`ladi – 4 ball
•  Yo`q – 0 ball
•  Uchinchi qavatdan keyingilariga chiqishda hansirab qolaman – 2 ball

5.  Sport bilan shug`ullanasizmi?
•  Yo`q, bunga vaqtim etmaydi – 5 ball
•  Haftasiga 1-2 marta sport mashqlarini bajarib turaman –1 ball
•  Kunora yugurish va velosipedda sayr qilishni kanda qilmayman – 0 ball

6.  Jismoniy faollik yoki stress holatlarida yuragingiz tez urib ketadimi?
•  Ha – 7 ball
•  Yo`q, hech qachon kuzatilmagan – 0 ball

7.   Asabiymisiz?
•  Tez-tez asabiylashaman – 3 ball
•  Asabimni nazorat qila olaman – 0 ball
•  Vaqti-vaqti bilan asablarim taranglashishi mumkin – 2 ball

8.  Yaqinlaringiz orasida infarkt holatlari uchraganmi?
•  Ha, 45-50 yoshli qarindoshlarim orasida bo`lgan – 7 ball
•  Ha, 60-70 yoshdagi oila a`zolarim orasida kuzatilgan – 5 ball
•  Yo`q bo`lmagan – 0 ball

9.  Ovqatlanish tartibingiz qanday?
•  Iloji boricha foydali mahsulotlarni tanlayman – 0 ball
•  Yog`li va xamirli taomlarni yoqtiraman – 4 ball
•  Ba`zan zararli mahsulotlarni tanlashim mumkin – 1 ball

Natijasi:
To`plagan natijangiz 0 dan 12 ballgacha bo`lsa: 

Yurak qon-tomir kasalliklariga chalinishingiz ehtimoli kam, deyish mumkin. Shunday bo`lsa-da, 35 yoshdan so`ng yiliga bir marotaba shifokor ko`rigidan o`tib turing.

12 ball va undan yuqorisi: 

Kichik bezovtaliklar organizmingizdagi ogohlantiruv belgisi bo`lishi ham mumkin. Har ehtimolga qarshi kichik bezovtaliklarda ham mutaxassisga uchrang.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Namanganda rossiyalik olim “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarni bepul davolamoqda

04.06.2021, 17:58

Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridagi  I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-sharqiy davlat tibbiyot universiteti klinikasi endovaskulyar xirurgiya bo`limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Kaledin tomonidan 2016 yilda bemorning...
Namanganda senator tashabbusi bilan noyob jarrohlik amaliyoti o`tkazildi

29.03.2021, 18:15

Kecha, 28 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Nosirbek Abdullaxanov tashabbusi bilan Namangan viloyatida ilk marotaba...
Yangi tibbiyot instituti tashkil etiladi

09.11.2019, 23:59

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpoq tibbiyot institutini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.Unga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpoq tibbiyot instituti tashkil etiladi.Loyihada...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1