Mashhur insayder Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko`ra, legionerimiz "Roma" sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov "Torino" bilan shaxsiy shartlar bo`yicha kelishuvga erishgan.
Endi faqatgina rimliklar bilan moliyaviy tomon hal qilinsa bo`lgani. Katta ehtimol bilan, vakilimiz Turinga ijara asosida ko`chib o`tadi.
Avvalroq, Shomurodovga "Kremoneze", "Bolonya" kabi klublardan ham qiziqish borligi aytilgandi.