AsosiySiyosat

23-24 yanvar kunlari Toshkentda IHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig`ilishi bo`lib o`tadi

'23-24 yanvar kunlari Toshkentda IHTga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig`ilishi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning 23-24 yanvar kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig`ilishi bo`lib o`tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.  

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning mazkur tuzilmaga raisligi doirasida o`tkazilayotgan tadbirda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi IHTga a`zo davlatlar delegasiyalari, shuningdek, Tashkilot Bosh kotibi X.Noziriy ishtirok etadi.

Ma`lumot uchun, yig`ilishni yoritish istagini bildirgan milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qator hujjatlarni taqdim etishlari kerak.

    Boshqa yangiliklar