AsosiySiyosat

O`zbekiston TIV Kobulda sodir etilgan terrorchilik xuruji yuzasidan bayonot berdi

'O`zbekiston TIV Kobulda sodir etilgan terrorchilik xuruji yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti Kobul shahrida Afg`oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xuruji yuzasidan rasmiy bayonot berdi. 

“Joriy yil 11 yanvar kuni Kobul shahrida Afg`oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz.

Ushbu qabih harakat ko`plab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab bo`ldi.

Halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tilaymiz”, - deyiladi bayonotda. 

Eslatib o`tamiz, 11 yanvar kuni Kobulda TIV binosi oldida portlash sodir bo`lib, 7 kishi halok bo`ldi, 10 kishi yaralandi. Portlashni IShID o`z zimmmasiga oldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar