O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun Toshkent shahridagi bir qator muassasalarga tashrif buyurishi kutilyapti.
Davlat rahbari kun davomida O`zbekiston Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida bo`ladi.
Prezident, shuningdek, harbiy xizmatchilarga Davlat mukofotlarini topshirish tantanali marosimida ishtirok etadi.