Kreml ichki siyosiy bloki 2024 yilgi prezidentlik sayloviga tayyorgarlikni boshladi. Amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin nomzodi navbatdagi muddatga ilgari surilishi mumkin. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
Rossiya prezidentining o`zi hozircha saylovda ishtirok etish istagini e`lon qilmagan. Ammo uning administrasiyasi Putin ishtirokini inobatga olgan holda turli ssenariylarni ishlab chiqmoqda.
Qayd etilishicha, tayyorgarlik boshlang`ich bosqichda va uning aniq mafkuraviy chegaralari hozircha belgilanmagan. Shu bilan birga Putinning saylovoldi dasturida birdamlik g`oyasi asosiy o`rin egallashi kutilmoqda.
Vladimir Putin 2000 yilda ilk bor prezident etib saylangan. 2008-2012 yillarda u Rossiya hukumatni boshqargan. 2012 yilda Kremlga qaytgan Putin hozirga qadar davlatni boshqarib kelmoqda.






