AsosiyJamiyat

Zangiotada yong`in bo`lgan xonadonlarga kelgan O`t o`chirish mashinalarida suv muzlab qolgani aytilmoqda (video)

'Zangiotada yong`in bo`lgan xonadonlarga kelgan O`t o`chirish mashinalarida suv muzlab qolgani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan uylarni o`chirish uchun kelgan O`t o`chirish mashinalarida suv muzlab qolgan aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabarlarga ko`ra, uylar 12 soat yongan.

FVVning ma`lum qilishicha, haqiqatdan ham joriy yilning 13 yanvar kuni soat 00:23 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek hududi “Beshqo`rg`on” MFY Do`stlik ko`chasida bir-biriga tutash bo`lgan xonadonlarda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 1:03 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 2:34 da qurshab olingan va soat 5:05 da bartaraf etilgan. Yong`in 4 soat 2 daqiqada o`chirilgan. Aytilishicha, yong`in 12 soatda o`chirilgan degan xabar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Yong`in natijasida 2 ta uyning 200 kv.m (100 kv.m, 100 kv.m) maydonda tomi, ichi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`indan uylarning 450 kv.m (200 kv.m va 250 kv.m) maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Ma`lumot o`rnida shuni aytish mumkinki yong`in o`chirish qismidan yong`in sodir bo`lgan manzilgacha masofa tahminan  

26 km.ni tashkil etadi.  Yong`in-o`chirish avtomobillari doim har qanday vazitda jangovor shay xolatda turadi.

    Boshqa yangiliklar