AsosiyJamiyat

Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog`larining ish vaqtiga cheklov o`rnatildi

'Toshkentda savdo markazlari va istirohat bog`larining ish vaqtiga cheklov o`rnatildi'ning rasmi

Toshkent shaharidagi oziq-ovqat do`konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko`rsatish shahobchalari, ko`ngil ochar savdo markazlari va istirohat bog`lari qisqartirilgan ish rejimiga o`tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Ushbu  cheklov havo-haroratining keskin pasayshi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz ta`minotini uzluksiz etkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu bois, barcha savdo va xizmat ko`rsatish shahobchalari, ko`ngil ochar savdo markazlari va istiroxat bog`lari ish faoliyatini ertalab soat 10-00 dan 17-00ga qadar amalga oshirishi lozim.  

Ish vaqtidan so`ng, barcha elektr asboblari, isitish uskunalarini o`chirilgan holda elektr va gaz iste`molini to`xtatish talab etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar