So`nggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida keng muhokamalarga sabab bo`layotgan Buxoro shahrida “Buxoro turizm markazi” qurilishi bo`yicha keng jamoatchilik va fuqarolar fikrini inobatga olib, boshqa maqbul er maydonlari tanlanadi. Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “Buxoro turizm markazi” loyihasi dastlabki bosqichda tayyorlanmoqda. Ushbu loyiha puxta ishlab chiqilgandan so`ng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan o`tkaziladi.
Ma`lum qilinishicha, YuNESKO umumjahon markazining tegishli xulosasi olingan holda, yakuniy qaror qabul qilinadi va shundan so`ng qurilish ishlari boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Prezident topshirig`i bilan Buxorodagi turistik markaz qurilishi uchun stadion buzilmasligi haqida xabar bergan edik.






