AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev O`zbekistonni tark etmoqchi bo`lganida to`xtatilgani aytilmoqda

'Jahongir Ortiqxo`jaev O`zbekistonni tark etmoqchi bo`lganida to`xtatilgani aytilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev O`zbekistonni tark etmoqchi bo`lganida to`xtatilgan. Bu haqda bloger Nikita Makarenko o`z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sobiq hokim bugun tongda shahardan o`z oilasi bilan chiqib ketishga uringanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to`xtatilgan.

Bugun Shavkat Mirziyoev rahbarligida o`tkazilgan yig`ilishda o`z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`yganligi bois Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev lavozimidan ozod etilgan e`lon qilingan edi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar