Bugun Shavkat Mirziyoev rahbarligida o`tkazilgan yig`ilishda o`z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`yganligi bois Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev lavozimidan ozod etilgan e`lon qilingan edi.
Shavkat Mirziyoev Toshkent shahar hokimini kechasi shtabda ishdan olganini ma`lum qildi.
"Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlarining bugungi holatga tayyor emasligini men o`zim ham ko`rib turibman, xalqimiz ham ko`rib turibdi. 120 ta mahallada elektr va gaz ta`minotida uzilishlar bo`ldi. 584 ta mahalladan 120 tasida mana shunday muammolar bo`ldi.
Birgina 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi ettita yuqori va 524 ta past kuchlanishli transformator hamda 87 ta transformator ortiqcha yuklamalarga bardosh berolmay ishdan chiqdi.
Nega poytaxtda shunday bo`ldi? Nega oldindan tayyorgarlik qilmadik? Shuncha gap gapirganimizga qaramay, Vazirlar Mahkamasi qaerga qaragan degan savol meni qiynayapti.
Qish mavsumiga lozim tayyorgarlik qilmagani uchun Toshkent shahri hokimi Ortiqxo`jaevni kechasi shtabda ishdan oldim. Quruq gap bilan, yolg`on "svodka" bilan pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog`i erdan uzilgani uchun uni ishdan oldim", — dedi prezident.