AsosiyDunyo

Afg`onistonda 25 kishi anomal sovuqdan vafot etdi

'Afg`onistonda 25 kishi anomal sovuqdan vafot etdi'ning rasmi

Afg`onistonning Hirot, Bag`lon va G`azni viloyatlarida anomal sovuq tufayli 24 nafar giyohvand va bir nafar cho`pon vafot etdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Bag`londagi manbalar Puli Xumri shahri yaqinida besh nafar giyohvandning jasadi topilganini xabar qilgan. Ulardan uch nafari "Tolibon" munisipaliteti tomonidan dafn etilgan, yana ikki nafarining jasadi Bag`lon viloyatidagi o`likxonada saqlanmoqda.

Hirot viloyatidagi manbalar esa so`nggi bir necha kun ichida 19 nafar giyohvand erkak sovuqdan vafot etganini ma`lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, odamlarning aksariyati ko`ngilochar bog`larda, jumladan, Hirot shahrining Kamer Kalag hududida vafot etgan. G`azni viloyati Naver tumanida anomal sovuq tufayli cho`pon halok bo`lgan. Afg`onistonda ham so`nggi bir necha kun ichida anomal sovuqlik kuzatilmoqda, oqibatda odamlar vafot etmoqda.

    Boshqa yangiliklar