AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi to`yda qo`shni viloyatlik mehmon kuyovning do`stini pichoqlab o`ldirdi

'Qashqadaryodagi to`yda qo`shni viloyatlik mehmon kuyovning do`stini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

2022 yilning 24 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi mahallalardan biridagi to`yda sodir bo`lgan janjal oqibatida kuyov jo`ralardan biri pichoqlanadi. Jabrlanuvchi o`shanda ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. 

O`sha kungi mudhish hodisadan so`ng viloyat IIBning bergan xabariga ko`ra, Qashqadaryo viloyatida bo`lib o`tgan sud majlisida 2 kishiga hukm o`qildi.

"Surxondaryodan Qashqadaryoga to`yga kelgandik. Kechqurun shu to`yda tort kesish vaqtida janjal kelib chiqdi. Marhum J. A`zamov o`sha erda pichoqlangan", - deydi sudlanuvchilardan biri.

Sud hujjatlariga ko`ra, o`sha kuni to`yga kelgan surxondaryolik mehmonlardan biri kuyovning do`stlari bilan tortishib qoladi. Bunga sabab tort kesish marosimida boshqa bir kuyovjo`ra o`sha erdagi ayollardan biriga turtilib ketgani va keyin uni haqorat qilgani bo`ladi.

Qo`shni viloyatlik mehmon esa shu yigitning tanobini tortib qo`ymoqchi bo`lganida janjal kattalashib ketadi.

Janjal oqibatida mehmon yigit ularni ajratmoqchi bo`lgan boshqa bir yigitga pichoq sanchadi.

Sudlanuvchi X.H. ga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 59-moddasiga asosan 18 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Shu to`yda ishtirok etib, bezorilik qilgan va jinoyat yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan A.H.ga esa 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berildi.

    Boshqa yangiliklar