AsosiyJamiyat

"Dubay bo`lmang. Siz Dubay emassiz". Amerikalik yozuvchi poytaxtni odamlar uchun qulaylashtirish bo`yicha o`z takliflarini berdi

'"Dubay bo`lmang. Siz Dubay emassiz". Amerikalik yozuvchi poytaxtni odamlar uchun qulaylashtirish bo`yicha o`z takliflarini berdi'ning rasmi

Amerikalik yozuvchi Mark Riz o`zining Tvitter`dagi sahafasida poytaxtni odamlar uchun qulaylashtirish bo`yicha takliflarini berdi. Ta`kidlash joizki, Mark Riz atoqli adibimiz Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjim qilgan.

U o`z sahifasida ishdan olingan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning o`rniga o`tirgan yangi hokimga quyidagi bir nechta takliflarni bergan:  

“Sifatli yo`llar yo`q. Yashil zonalarni kengaytiring, ifloslanishni kamaytiradigan daraxtlar eking. Barqaror suv ketadigan yo`llarini yarating. Jamoat transportini yaxshilang. Yo`lda ketayotganingizda ortingizdan kimdir “Matiz”da kelib, majaqlab tashlashi mumkinligi bo`yicha qo`rquvlarni kamaytiring”.  

“Dubay bo`lmang. Siz Dubay emassiz, sizda suv havzalari bor. Siz Toshkensiz. Oz bo`lsa-da g`ururingiz bo`lsin, o`zligingiz bo`lsin. Menga Dubay yoqadi.  Toshkentni esa undan ham ko`proq yaxshi ko`raman. Mening rafiqam ham toshkentlik”.

"Umid qilamanki, yangi hokim buni o`qiydi. Bularning barchasini Toshkentga kata mehr qo`ygan inson sifatida aytyapman”, - deb yozdi u.  

 

 

 


 

    Boshqa yangiliklar