Hukumat qarorining yangi tahririga ko`ra, immigrantlar uchun ruxsat etilgan qolish muddatlari o`zgardi.
Ya`ni:
▪️vizasiz xorijliklar mamlakatda qonuniy ravishda 30 kun, jami 180 kunlik bir kalendar davrida 90 kungacha bo`lishlari mumkin;
▪️EOIIga a`zo davlatlar fuqarolari 180 kunlik bir kalendar davrida Qozog`istonda 90 kun bo`lishlari mumkin.
Yangi cheklovlar Qozog`istonga viza bilan kelgan xorijliklarga va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olganlarga taalluqli emas.
Yangi reglament 2023 yil 26 yanvardan kuchga kiradi.






