Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ekspertlarning Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot”ga Uchinchi jahon urushi maqomini berish haqidagi bayonotlarini nomaqbul deb hisoblaydi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
"Men Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasiga jahon mojarosi maqomini yuklamoqchi bo`lgan turli ekspertlarning suhbatlarini nomaqbul deb atadim. Butun dunyo NATO va uning qismi bo`lgan bir hovuch davlatlar bilan kelishib olgani yo`q. Ko`pchilik yirik davlatlar, jumladan, Xitoy, Hindiston, Pokiston va milliardlab aholisi bo`lgan boshqa o`nlab mamlakatlar betarafligicha qolmoqda, shuning uchun biz hali ham Uchinchi jahon urushidan uzoqmiz”, — deb yozgan Qodirov.
Uning qo`shimcha qilishicha, G`arb va Evropa Ukrainani rossiyalik harbiy xizmatchilar uchun jiddiy xavf tug`dirmaydigan eski, yaroqsiz jihozlar bilan to`ldirmoqda.
“Shu bilan birga, men Donbassni NATO va Bandera tuzilmalaridan tizimli ravishda tozalashni davom ettirayotgan Rossiya qurolli kuchlarining muvaffaqiyatlari bilan o`rtoqlashdim. Oliy qo`mondon oldimizga qo`ygan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Bizda butun Ukrainani ham ozod qilish imkoni bor. Chechen maxsus kuchlari, ayniqsa, yaxshi muvofiqlashtirilgan va samarali harakat qilmoqda. Ularning malakali va muvofiqlashtirilgan harakatlari tufayli biz dushman hujumlarini muvaffaqiyatli qaytaramiz va ko`plab strategik hududlarni himoya qilamiz”, — deya ta`kidladi respublika rahbari.






