1

Samarqand triatlon bo`yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

Sport 18.01.2023, 11:23
Samarqand triatlon bo`yicha xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

2023 yil 16 va 17 sentyabr kunlari "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasi "Challenge Samarkand" sport festivali uchun o`z eshiklarini ochadi. "Challenge Samarkand" – "Challenge family" xalqaro brendi tarkibiga kiruvchi triatlon poygasi.

"Challenge family" dunyoning 30 ta davlatida triatlon bo`yicha turli masofaga o`tkaziladigan musobaqalarning jahondagi eng mashhur brendlaridan biri bo`lib, "Challenge family" poygalarida har yili 50 000 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

Ishtirokchilarga 3 bosqichli sport turlari bo`yicha ularning yosh toifalariga ko`ra masofa ajratiladi. Unga ko`ra, o`rta masofada avvaliga 1,9 km suzish, 86 km velosipedda o`tish va 21,5 km yugurish kerak. Ayollar va yoshlar uchun masofa qisqaroq bo`ladi.

"Challenge Samarkand" musobaqasining suzish bosqichi eshkak eshish kanalida, dunyodagi eng yirik uchta eshkak eshish kanalidan birida eng musaffo buloq suvida o`tkaziladi.  Yugurish bosqichi "Silk Road Samarkand" zamonaviy sayyohlik majmuasi hududida bo`lib o`tadi, “Abadiy shahar”ni o`rab turgan go`zal eshkak eshish kanali atrofida 4 aylanib o`tadi. Velopoyga davomida sportchilar XIV-XV asrlarga oid zamonaviy arxitektura va qadimiy yodgorliklarning o`ziga xos kontrastini ko`rishadi.

Musobaqalarda xorijlik sportchilar bilan bir qatorda havaskorlar ham ishtirok etishlari mumkin. Musobaqaning mukofot jamg`armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etishi kutilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1