AsosiyDunyo

Shavkat Mirziyoevning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda

'Shavkat Mirziyoevning Qirg`izistonga tashrifi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg`izistonga tashrifi 26 yanvar kuni kutilmoqda, deb xabar qildi "AKIpress" mamlakat Savdo-sanoat palatasiga tayanib.

Shu munosabat bilan SSP ikki davlat ishbilarmonlar kengashi yig`ilishini o`tkazishni rejalashtirmoqda.

Shavkat Mirziyoev 2022 yil 10 dekabr kuni Qirg`izistonga kelishi va prezident Sadir Japarov bilan ikki tomonlama muzokaralar o`tkazishi kerak edi. Biroq uning tashrifi qoldirilgan, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar