AsosiySiyosat

Baxtiyor Saidov BAA Elchisi Said Matar Al-Qamziy bilan uchrashdi

'Baxtiyor Saidov BAA Elchisi Said Matar Al-Qamziy bilan uchrashdi'ning rasmi

2023 yil 18 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Al-Qamziy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ko`p qirrali O`zbekiston-BAA hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, umumiy kun tartibini yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi hamda ikki tomonlama tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi muloqotni, jumladan, vazirliklararo maslahatlashuvlar orqali muntazam davom ettirish muhimligi ta`kidlandi.

O`zbekiston va BAA o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikasiya qilishga qaratilgan qo`shma chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan  kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar