AsosiyJamiyat

Vladimir Norov Ostona shahrida bo`lib o'tadigan “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzuidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etadi

'Vladimir Norov Ostona shahrida bo`lib o'tadigan  “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzuidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etadi'ning rasmi

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Vladimir Norov shu yilning 20 yanvar kuni Ostona shahrida bo`lib o`tadigan “Markaziy Osiyo-2030: kelajak qiyofasi” mavzuidagi ekspertlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur uchrashuv  Qozog`iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog`iston strategik tadqiqotlar instituti va Qozog`iston tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan. 

Shuningdek, unda Qozog`iston Respublikasi davlat idoralari vakillari, Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezident huzuridagi strategik tadqiqotlar institutlari rahbarlari hamda mintaqaviy hamkorlik  masalalari bo`yicha ekspertlar ishtirok etadi.

Ekspertlar uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasida savdo-iqtisodiy, transport va energetika, inson kapitalini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar