1

Nodirbek Abdusattorov dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni mag`lub etdi

Sport 19.01.2023, 23:54
Nodirbek Abdusattorov dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni mag`lub etdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Niderlandiyada shaxmat bo`yicha “Tata Steel-2023” xalqaro turniri o`tkazilmoqda. 

Avvalroq, 5-turda musobaqa g`olibligi uchun asosiy da`vogarlardan biri bo`lib turgan o`zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov jahon tojdori hisoblangan norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surishi haqida xabar bergan edik.

Murosasiz o`tgan bahsda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen ustidan g`alaba qozondi.

5-tur yakunlariga ko`ra Nodirbek 4 ochko jamg`arib, peshqadamlar safida bormoqda. Karlsenda esa 2 ochko mavjud.

Sharhlar

Меҳмон 20.01.2023, 15:48
омад тилайман, Оллхим ҳар доим ҳар жойда ўзи қўлласин ва асрасин.
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1