AsosiySport

MMA jangchisi Odilxon Kamolov avariyaga uchradi

'MMA jangchisi Odilxon Kamolov avariyaga uchradi'ning rasmi

Bu haqda uning o`zi instagram sahifasida ma`lum qildi.

"Avtofalokatga uchradik. Allohga shukr hammasi yaxshi. Bosh qismimdan ozgina jarohat oldim, ammo bir necha kunda shifoxonadan chiqaman. Tez orada mashg`ulotlarga qaytaman. 4 mart kuni bo`ladigan jangni so`roq ostida qoldirishni istamayman. Toshkentda uchrashamiz..." deya yozdi Odilxon Kamolov.

Eslatib o`tamiz, Odilxon navbatdagi jangini 4 mart kuni Toshkentda tojikistonlik Kamil Karatega qarshi o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar