Hindiston dunyoning eng ko`p aholisi bo`lgan mamlakat sifatida allaqachon Xitoyni ortda qoldirgan bo`lishi mumkin.
Mustaqil aholini ro`yxatga olish va demografik tashkilot World Population Review ma`lum qilishicha, 2022 yil oxirida Hindiston aholisi 1,417 milliardni tashkil etadi.
Bu ko`rsatkich rasmiy ma`lumotlarga ko`ra 1,412 milliardni tashkil etadigan Xitoy aholisidan 5 millionga ko`p demakdir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu muhim bosqichga shu yil oxirida erishilishini kutgan. WPR ma`lumotlariga ko`ra esa, Hindiston aholisi 18 yanvar holatiga ko`ra 1,423 milliardga etdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2021 yilda mamlakat pandemiya tufayli yuzaga kelgan uzilishlar tufayli so`rovlarni keyinga qoldirgandan keyin har o`n yilda amalga oshiriladigan aholini ro`yxatga olish ma`lumotlarini e`lon qilmagan.
BMT prognozlariga ko`ra, 2050 yilga borib Hindiston va Xitoy o`rtasidagi aholi soni bo`yicha farq 300 million kishidan oshadi.
Xitoy Statistika byurosining rasmiy ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi bir yil ichida Xitoy aholisi 850 ming kishiga kamaygan.






