Qozog`istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboev Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizildi. Shifokorlarning aytishicha, yurak operasiyasi bo`lishi mumkin.
Qozog`iston media menejeri Aleksandr Aksyutis sobiq prezident Nursulton Nazarboevning kasalxonaga yotqizilishi va uning mumkin bo`lgan operasiyasi haqida ma`lum qilgan.
“Mening manbalarim Nursulton Nazarboevning Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizilganini aytdi. U yurakning keng qamrovli tekshiruvidan o`tadi. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, jarrohlik aralashuvi bo`lishi mumkin”, — deb yozdi Aksyutis ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma`lumot uchun, Nazarboev hozir 82 yoshda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Qozog`iston Konstitusiyaviy sudi “Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi to`g`risida”gi qonunni o`z kuchini yo`qotgan, deb topish haqida qaror qabul qildi. Unga ko`ra, Nazarboevning millat etakchisi maqomi bekor qilindi.