AsosiyJamiyat

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida ma`muriy hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilish amaliyoti yo`lga qo`yildi

'Samarqand viloyat adliya boshqarmasida ma`muriy hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilish amaliyoti yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Prezident qaroriga  asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinishi belgilangan.  

Shunga ko`ra,  Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan idoraviy hujjatlarni mazkur tizim  orqali qabul qilish va e`lon qilish boshlangan. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati xabar berdi. 

Xususan, joriy yilning 6 yanvar kuni tizim orqali qabul qilingan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining dastlabki buyrug`ida xodimlarni vaqtincha biriktirish bo`yicha topshiriq va vazifalar belgilangan.

Yil boshidan bugunga qadar tizim orqali Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qabul qilingan 16 ta, viloyat yuridik texnikumi tomonidan 1 ta idoraviy hujjatlar e`lon qilingan.  

Eslatib o`tamiz, Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko`ra, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e`lon qilish nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar