AsosiyJamiyat

O`zbekistonga "tillo avtomat" olib kirmoqchi bo`lishdi

'O`zbekistonga "tillo avtomat" olib kirmoqchi bo`lishdi'ning rasmi

Ekaterinburg bojxonachilari Toshkentga uchayotgan rossiyalikning yuklari orasida tillo suvi yugurtirilgan avtomat borligini aniqlashdi. Topilma ekspertizaga topshirilgan.

Federal bojxona matbuot xizmati xabar berishicha, rossiyalik erkak 7,62 millimetr kalibrli «AK-74M» (Kalashnikov avtomati)ni sovg`a keysida «yashil» koridor orqali olib o`tishga uringan.

Aniqlanishicha, qurol 1974 yilda tayyorlangan. Qurolning stvoli va stvol qutisi, nishon moslamasi va magazini (o`qdoni) tillo suvi yugurtirib, hoshiyalangan, shuningdek, unda qimmatbaho yog`och navlari ishlatilgan. Bu kabi sovg`alarning bozor narxi 500 ming rubl atrofida, deyiladi xabarda.

Ushlangan erkak bu qurol ishlatishga yaroqsizligini, zlatoustlik ustalar qo`lidan chiqqan bu sovg`ani eski do`stiga olib ketayotganini ma`lum qilgan.

Avtomatni jangovar holatga qaytarib bo`ladimi-yo`qmi — ekspertlar ayni paytda shuni o`rganishmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar