AsosiyJamiyat

Navoiyda fuqarodan sha`niga putur etkazadigan videoni tarqatmaslik evaziga 30 000 AQSh dollari talab qilindi

'Navoiyda fuqarodan sha`niga putur etkazadigan videoni tarqatmaslik evaziga 30 000 AQSh dollari talab qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaroni obro`sizlantirmoqchi bo`lgan tovlamachilar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Fuqarolar M.E. va M.B. o`zaro til biriktirib, boshqa bir fuqaro E.X.ning sha`ni va qadr-qimmatiga putur etkazadigan video tasvirlarni oila a`zolari hamda yaqin tanishlariga ko`rsatish bilan qo`rqitib, ushbu tasvirlarni tarqatmaslik evaziga 30 000 AQSh dollari talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.

 

    Boshqa yangiliklar