Hukumatning 2022 yil 29 sentyabrdagi 540-son qaroriga asosan Toshkent shahrida tug`ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo`limlarida qayd etish tartibi joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda bola tug`ilishi bilan, tibbiyot muassasa u va ota-onasi haqidagi ma`lumotlarni, jumladan:
bola ro`yxatga qo`yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo`limi, navbatga qo`yiladigan davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti haqidagi ma`lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo bo`limiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYo bo`limi tug`ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo`yilgan tug`ilganlik haqidagi ma`lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Tibbiyot muassasalari ushbu ma`lumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi.
Ushbu ma`lumotnoma tug`ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat`iyan taqiqlanadi.
Tug`ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo bo`limlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.
Eslatma: Otalik belgilash va yolg`iz ona arizasiga asosan tug`ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug`ilishini qayd etishda bevosita FHDYo bo`limiga murojaat qilinishi lozim.
Ma`lumot uchun: Yangi tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
20.01.2023 18:12
Tug`ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYoga borish shart emas






