Bugun Qozog`istonning Taraz shahridagi "Oqsoy" bozorida yirik yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Qozog`iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.
"20 yanvar kuni soat 13:22 da Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in xavfsizligi bo`linmalariga Oqsoy bozori, alohida ikki qavatli uyning tomi yonib ketgani haqida xabar kelib tushdi", — deyiladi xabarda.
Binoda iste`mol tovarlari, kiyim-kechak, o`yinchoqlar sotiladigan chakana savdo do`konlari joylashgan bo`lib, ikkinchi qavatda mato va pardalar sotish bo`limlari joylashgan.






