IIV Tezkor-qidiruv departamenti mas`ul xodimlari tomonidan Turkiyaga O`zbekistondan borgan qizlarni fohishalik bilan shug`ullantirib kelayotgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, jinoiy guruhdagi 2 nafar ayol yosh qizlarni aldab, Turkiyada fohishalik qilishiga sharoit yaratib bergani aniqlandi.
Tegishli organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi ayol Andijon va Surxondaryo viloyatida yashovchi ikki qizni Toshkent xalqaro aeroportidan Turkiyaga yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan to`plangan hujjatlarga ko`ra, Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 135-moddasi 2-qismi “a,e” bandlariga asosan, jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






