AsosiyJamiyat

Farg`onada YPX mayori qoidani buzib, "Tracker"ini piyodalar o`tish yo`liga qo`yib ketdi

'Farg`onada YPX mayori qoidani buzib, "Tracker"ini piyodalar o`tish yo`liga qo`yib ketdi'ning rasmi

Qo`qon shahrida xizmat uchun biriktirilgan, 40 171 VSF davlat raqamli avtomobil piyodalar yo`lagini to`sib qo`ygani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat bo`yicha Farg`ona viloyati IIB ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 2023 yilning 20 yanvar kuni Farg`ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo`l-harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-mintaqaviy hudud Yo`l-patrul xizmati otryadi komandir o`rinbosari mayor Sh.M. xizmatda foydalanish uchun o`ziga biriktirilgan  “Tracker” rusumli, davlat raqami 40 171 VSF  bo`lgan maxsus transport vositasini Qo`qon shahar A.Navoiy ko`chasida yo`l harakati qoidalarining 91-bandini buzib, piyodalar o`tish joyida qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan mayor Sh.M.ga nisbatan shu kunning o`zida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128-moddasi prim 6-moddasi 1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (600.000 ming so`m) jarimaga tortildi.  

 

    Boshqa yangiliklar