Qirg`iziston janubida Ichki ishlar vazirligining maxsus bo`linmalari Milliy xavfsizlik xizmati binosiga bostirib kirdi.
Qirg`izistondagi bir qator ommaviy axborot vositalari o`z manbalariga tayanib, O`sh shahridagi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi bosh boshqarmasi binosiga Ichki ishlar vazirligi maxsus bo`linmasi bostirib kirgani haqida xabar tarqatdi.
Ma`lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 16:00 atrofida u erga 10 dan ortiq odam etib keldi.
Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, binoda Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi xodimlari hibsga olinmoqda.
Ichki ishlar vazirligining maxsus bo`linmalari O`sh shahar Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi binosiga bostirib kirgani haqida Kaktus.media ham huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib xabar qildi.
Unga ko`ra, 20 yanvar kuni IIV maxsus bo`linmasining 20 ga yaqin xodimi janubiy poytaxtda joylashgan Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining O`sh viloyati bo`yicha binosiga bostirib kirgan.
Tergovni Qirg`iziston Bosh prokuraturasi olib bormoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, xavfsizlik kuchlari tomonidan Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining viloyat bo`yicha tergovchisi o`ta yirik miqdorda pora olishda gumonlanib, qo`lga olinmoqda.
Ayni damda Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi binosida ish olib borilmoqda. Kirish joyida ikki huquq-tartibot idorasi xodimlari o`rtasida o`zaro janjal kelib chiqqan.






