Joriy yilning 22 yanvarga o`tar kechasi taxminan soat 00.40 larda Mirzo Ulug`bek ko`chasida "Tracker" to`xtab turgan avtobusga to`qnashib yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ushbu ko`chadagi 4-sonli avtokorxona qarshisida1998 yilda tug`ilgan haydovchi A.T. davlat raqami 01 D 467 SB bo`lgan "Tracker" avtomobilida tezlikni oshirib harakatlangan.
Natijada rul boshqaruvini yo`qotib, yo`l chetida harakatsiz turgan "Isuzu" avtobusi bilan to`qnashuv sodir etgan. To`qnashuvdan so`ng "Tracker" avtomobilining old qismida yong`in chiqqan.
YTH natijasida "Tracker" avtomobilidagi yo`lovchilar - 1992 yilda tug`ilgan D.U., 1992 yilda tug`ilgan M.P., 1998 yilda tug`ilgan S.A.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.






