AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 18 yoshga to`lmaganlar ishlashi mumkin bo`lmagan kasblar ro`yxati e`lon qilindi (Ro`yxat)

'O`zbekistonda 18 yoshga to`lmaganlar ishlashi mumkin bo`lmagan kasblar ro`yxati e`lon qilindi (Ro`yxat)'ning rasmi

O`zbekistonda 18 yoshga to`lmaganlar ishlashi taqiqlangan og`ir ishlar ro`yxati e`lon qilindi.

2022 yil 28 oktyabrdagi "O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to`g`risida"gi qonunga muvofiq ushbu ro`yxat Vazirlar Mahakamasi tegishli qarori bilan tasdiqlanishi kutilmoqda.
Ro`yxatga ko`ra, voyaga etmaganlar mehnatidan quyidagi ishlarda foydalanishi taqiqlanadi:

  • tog` ishlarida, metro, tunnellar va maxsus er osti inshootlari qurilishida;
  • geologiya qidiruv va topografiyageodeziya ishlarida;
  • metallurgiya sanoatida;
  • issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatishda (energetika xo`jaligi);
  • quduqlarni qazish, neft va gazni qazib olishda;
  • neft, gaz, ko`mir, neft moylari va surtmalarini ishlab chiqarishda, magistral neft quvurlari, gaz quvurlari va neft bazalarida ishlashda;
  • kimyoviy ishlab chiqarishda;
  • neftkimyo sanoatida;
  • mikrobioligik ishlab chiqarishda;
    dori-darmon, tibbiyot, bakteriy va biologik preparat va mahsulotlar ishlab chiqarishda;
  • mashinasozlik va metallarni qayta ishlashda;
  • uchuvchi apparat, dvigatel va ularning
  • jihozlarini ta`mirlashda;
  • elektrotexnika sanoatida;
  • radiotexnika va elektronlar ishlab chiqarish;
  • qurilish materiallari sanoatida;
  • keramik mahsulotlarni ishlab chiqarishda;
  • farfor va fayans buyumlarini ishlab chiqarishda;
  • shisha va shisha buyumlarini ishlab chiqarishda;
  • qurilish, montaj va ta`mirlash-qurilish ishlarida;
  • yog`ochni qayta ishlab chiqarishda;
  • to`qimachilik sanoatda;
  • engil sanoatda;
  • oziq-ovqat sanoatida;
  • poligrafiya ishlab chiqarishida;
  • transport barcha turlarining umumiy kasblari;
  • badiiy va zargarlik buyumlari, musiqa asboblari ishlab chiqarishda;
  • sog`liqni saqlash muassasalarining shifokorlarning-mehnat ekspertizasi, veterinar muassasalar, medisina, ilmiy tekshirish va o`quv muassasalari, bakteriya va virus preparatlari korxonalari va farmasevtik fabrikalarida.

Ro`yxatning to`liq matni va voyaga etmaganlar ishlashi taqiqlangan ish turlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Mazkur qaror 2023 yil 1 maydan kuchga kiradi va manfaatdor vazirlik va idoralar o`zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

    Boshqa yangiliklar