Shavkat Mirziyoev 2023 yil 20 yanvar kuni "Ichki ishlar organlarini xalq kasbiy tuzilmasiga aylantirish va ularning faoliyatini aholi bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga yo`naltirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko`ra, "2022-2026 yillarda Yangi O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi"ga muvofiq, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatidagi kasbiy xalq tuzilmasiga aylantirish va qonun ustuvorligi, tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash ko`zda tutilgan.
Shuningdek, hujjat bilan "Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to`g`risida"gi kodeksi tasdiqlandi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va kadrlar bilan ta`minlash boshqarmasi to`g`risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Unga ko`ra, Ichki ishlar vazirligida Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va kadrlar bilan ta`minlash boshqarmasi tashkil etilib, u ichki ishlar boshqarmasiga xizmatga nomzodlarni tanlash, tizimining shaffofligini ta`minlash, shaxsiy tarkib bilan ishlash, ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini raqamlashtirish bilan shug`ullanadi.






