AsosiyJamiyat

Rossiyada o`zbekistonlik ishchi tomdan qulab vafot etdi

'Rossiyada o`zbekistonlik ishchi tomdan qulab vafot etdi'ning rasmi

Rossiyaning Leningrad viloyati Maloe Karlino qishlog`ida o`zbekistonlik erkak 13 metrlik balandlikdan qulab halok bo`ldi.

Ushbu hodisa 21 yanvar kuni tushga yaqin “Predportovy” yopiq asionerlik jamiyati filiali hududida sodir bo`lgan. Skotch ishlab chiqaruvchi zavod qurilishida tomni ta`mirlayotgan erkak u erdan qulab tushgan. Uning xo`jayini zudlik bilan tez yordam chaqirgan, biroq voqea joyiga etib kelgan shifokorlar ishchi o`lganini aniqlagan.

Huquq-tartibot idoralari voqeani baxsiz hodisa deb hisoblamoqda, biroq voqea joyidan xavfsizlik arqoni o`rganish uchun olingan. 

    Boshqa yangiliklar