AsosiyIqtisodiyot

Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

'Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi'ning rasmi

Sal avval anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo`shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat Turkmanistondan  tabiiy gaz importining to`liq to`xtashiga sabab bo`lgan edi. 2013 yil 21 yanvardan boshlab O`zbekiston Turkmanistondan gaz importini qayta tikladi. Bu haqda "O`ztransgaz" kompaniyasi matbuot xizmati xabar bergan. 

Ma`lum qilinishicha, Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini bosqichma-bosqich qayta tiklamoqda, hozircha gaz sovuq kunlargacha bo`lgan bosimdan pastroq.

Eslatib o`tamiz, anomal sovuq sabab O`zbekiston ham Afg`onistonga elektr energiyasi etkazib berishni to`xtatdi. "Tolibon" rasmiysi O`zbekistondan shartnoma bo`yicha elektr energiyasi etkazib berishni so`ramoqda

Shuningdek, O`zbekiston Tojikistondan tok import qilishni boshladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar