"O`zgidromet" joriy hafta uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududiga sovuq antisiklon periferiyasi ta`sir etib turadi. Respublikaning barcha hududlari bo`yicha havo biroz, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 3° sovuq-2° iliq atrofida, ayrim joylarda 2° sovuqgacha bo`ladi.
Ish haftasining oxirigacha sovuq havo massasining ta`siri saqlanib turadi. Respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 yanvarda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi.
Kechalari havo harorati 8-13° sovuq, ba`zi joylarda 15-17° sovuqgacha, kunduz kunlari 3° sovuq-2° iliq, ba`zi joylarda 5° sovuqgacha atrofida bo`ladi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Respublika yo`llarida ayrim joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.






