Tojikiston va O`zbekiston o`rtasida eng yaxshi zamonaviy uskunalar bilan ta`minlangan chegara punktlari quriladi. Bu haqda "Zamon.uz" Tojikiston bojxona xizmati rahbari Xurshed Karimzodaga tayanib ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, O`zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmining oshishi va Tojikistonni tranzit mamlakatga aylantirish yo`nalishi chegara punktlarini yaxshilash zarurligini taqozo etmoqda.
Hamkorlar bilan o`tkazilgan muzokaralar natijalariga ko`ra, “2020-2024 yillarda Tojikiston bojxona organlarini rivojlantirishning o`rta muddatli dasturi”ni amalga oshirish uchun texnik va moliyaviy yordam ajratishga kelishib olingan.
Xususan, chegara punktlarini qurish, ta`minlash va mustahkamlash, shuningdek, bojxona nazoratining texnik vositalari bilan ta`minlash loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko`zda tutilgan.






