Butun Pokiston bugun tizimdagi nosozlik tufayli elektrsiz qoldi.
Mamlakat energetika vazirligining Twitter`dagi sahifasida ma`lum qilinishicha, uzilish milliy tarmoqdagi elektr quvvati ko`tarilganidan keyin sodir bo`lgan.
“Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun ertalab Milliy tarmoqning tizim chastotasi 7,34 ga kamaydi, bu esa elektr ta`minotida keng tarqalgan uzilishga olib keldi”, — deyiladi xabarda.
Rasmiylar elektr ta`minotini tiklash ustida ishlamoqda, Islomobod elektr kompaniyasi va Peshovar elektr korxonasida bir qancha elektr stansiyalarining ishi tiklandi.
"Pokistonda yoqilg`i va yoqilg`i sarfini tejash maqsadida qishda energiya bloklari tunda vaqtincha o`chiriladi", dedi Energetika vaziri Xurrum Dastagir. Uning aniqlik kiritishicha, bugun ertalab yoqilgandan so`ng janubiy hududda Jamshoro va Dadu o`rtasida chastota o`zgarishi qayd etilgan.
"Shu sababli kuchlanishning o`zgarishi yuz berdi, tizimlar birin-ketin o`chib qoldi. Bu jiddiy inqiroz emas", - deya xulosa qildi Dastagir.