Yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq daryo va ko`l suvlarini muzlatmoqda. Odamlar bundan zavq olishib muz ustida toyishayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.
FVV aholiga ko`llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etdi.
Qayd etilishicha, O`zbekistondagi ko`llarning muz qoplamalari qalin bo`lmagani sababli yorilish ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uchayotganlar hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga ko`llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etmoqda.






