“Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi.
Palata, jumladan, a`zolarining manfaatlarini ko`zlab Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, ma`muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha sud qarorlarini qayta ko`rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin.
2023 yil 1 fevraldan mikro, kichik va o`rta tadbirkorlik sub`ektlari Palata a`zoligiga, a`zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi.
Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, da`volar hamda apellyasiya va kassasiya shikoyatlari bo`yicha davlat boji to`lovlaridan ozod etiladi.
Qarorga ko`ra, Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida kamida 20 nafar ilg`or tadbirkorlardan iborat Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi.
23.01.2023 19:17
Mikro, kichik va o`rta tadbirkorlik sub`ektlari Savdo-sanoat palatasi a`zoligiga tekin qabul qilinadi
