AsosiyJamiyat

Tez tibbiy yordam ko`rsatish uchun hududlarga “Volkswagen Caddy“ mashinalari tarqatildi

'Tez tibbiy yordam ko`rsatish uchun hududlarga “Volkswagen Caddy“ mashinalari tarqatildi'ning rasmi

“Volkswagen Caddy“ tez tibbiy yordam mashinalarining navbatdagi partiyasi hududlarga topshirildi, deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligi.

Vazirlik tizimida eskirgan avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.  

Qayd etilishicha, “103” xizmatida 2938 dona "Tez yordam" mashinasi bo`lib, shundan 648 tasi yoki 22 foizi normativ hujjatlarga asosan yangilanishga muhtoj.  

Jizzax viloyatida Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Otabek Fozilkarimov va vazirlik mas`ul vakillari ishtirokida yangi tez tibbiy yordam avtomashinalarini tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi. 

Bilamizki, “Volkswagen Caddy“ yuqori texnik ko`rsatkichga egaligi, harakatlanish qobiliyati yuqoriligi va ixchamligi bilan ajralib turadi.  ️Mazkur avtomobillarni loyihalash va jihozlashda shifokor hamda bemorlarga imkon qadar qulaylik yaratishga e`tibor berilgan.

Hozirgi kunda "103" tasarrufida:  

  •  244 ta “Hunday”,  
  •  145 ta “Volkswagen Caddy”,  
  •  90 ta “Nissan”,  
  •  46 ta “Toyota”,  
  •  228 ta “Ford”,  
  •  13 ta “Foton”,  
  •  37 ta “UAZ”,  
  •  5 ta “Isuzu NLR”,  
  •  29 ta “Isuzu D-MAX”,  
  •  19 ta “Gazel”,  
  •  2082 ta “Damas” mashinalari xizmat ko`rsatmoqda.  

 

 Ma`lumot uchun: Prezidentning 2021 yil 27 maydagi 5129-son va 2022 yil 16 iyundagi 283-son qarorlariga muvofiq, tizimdagi mavjud “Damas” rusumli va xizmat muddatini o`tagan boshqa turdagi avtotransport vositalarini 2022-2024 yillarda yangilash belgilangan.

 

Vazirlik bergan xabarga ko`ra, Respublika tez tibbiy yordam markaziga 110 ta beshinchi avlod “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari taqdim qilingan.

Bu avtoulovlar hududlardagi mavjud ehtiyojga ko`ra quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi — 10 ta,
  •  Andijon viloyati — 10 ta,
  •  Buxoro viloyati — 10 ta,
  •  Jizzax viloyati — 9 ta,
  •  Qashqadaryo viloyati — 10 ta,  
  •  Navoiy viloyati — 8 ta,
  •  Namangan viloyati — 10 ta,
  •  Surxondaryo viloyati — 9 ta,
  •  Sirdaryo viloyati — 8 ta,
  •  Toshkent viloyati — 8 ta,
  •  Farg`ona viloyati — 10 ta,
  •  Xorazm viloyati — 8 ta.

 

"Tez yordam" mashinalarini Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Otabek Fozilkarimov topshirdi.

 

    Boshqa yangiliklar