Bayraktar Qizilelma dron samolyoti Turkiyada sinovdan o`tkazildi. Bu haqda Baykar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi xabarida aytiladi.
Sinovning navbatdagi bosqichida avtomobilni identifikasiya qilish tizimi sinovdan o`tkazilgan.
"Bayraktar" boshqaruvi rahbari Saljuq Bayraktar “Bizning "Bayraktar Kızılelma" ikkinchi parvoz sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Uning ufqlari ochiq bo`lsin”, — deydi.
Qayd etilishicha, yangi dron soatiga 630 kilometr tezlikka va 11 kilometrgacha balandlikka chiqish imkoniyatiga ega. Parvoz davomiyligi taxminan besh soat.
U turbojetli dvigatel va yashirin texnologiya bilan jihozlangan. Uning maksimal uchish vazni 6000 kilogrammni tashkil etadi, shundan 1500 kilogramm foydali yukdir.
Ba`zi manbalarga ko`ra, reaktiv qiruvchi dronga Ukrainaning "Motor Sich" shirkatida ishlab chiqarilgan AІ-25TLT dvigateli qo`ygan.