AsosiyJamiyat

Surxondaryoda noyob qo`ng`ir ayiqning bolasi saqlab qolindi

'Surxondaryoda noyob qo`ng`ir ayiqning bolasi saqlab qolindi'ning rasmi

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 24 yanvar kuni Surxondaryo viloyati «Uzun» davlat o`rmon xo`jaligi hududidan xo`jalik xodimlari tomonidan yolg`iz yurgan bir bosh ayiq bolasi topilgan.

Qizil kitobga kiritilgan Tyan-shan qo`ng`ir ayiq turiga mansub bo`lgan ushbu ayiq bolasi onasi uyquga ketishdan oldin adashib qolgani taxmin qilinmoqda.

Qishning hozirgi sovuq kunlarida uning yovvoyi tabiatda ozuqa topolmay nobud bo`lishi, brakonerlar tomonidan ovlanishi ehtimoli yuqori ekanligi inobatga olinib, vazirlik tomonidan ayiq bolasi veterinariya ko`rigidan o`tkazish va vaqtincha saqlab turish maqsadida Toshkent hayvonot bog`i qoshidagi reabilitasiya markaziga topshirilgan.

Bahor fasli boshida Vazirlik hamda Toshkent hayvonot bog`i mutaxassislari ushbu ayiq bolasini «Uzun» davlat o`rmon xo`jaligidagi tabiat bag`riga qo`yib yuborishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar