AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Rossiya gaz sohasida hamkorlik bo`yicha "yo`l xaritasi"ni imzoladi

'O`zbekiston va Rossiya gaz sohasida hamkorlik bo`yicha "yo`l xaritasi"ni imzoladi'ning rasmi

O`zbekiston hamda Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi gaz sohasida o`zaro hamkorlik yuzasidan "yo`l xaritasi"ni imzoladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, O`zbekiston energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov va" Gazprom" kompaniyasi direktorlar kengashi a`zosi Aleksey Miller o`rtasida ishchi uchrashuv bo`lib o`tgan. Unda tomonlar o`zaro hamkorlikning dolzarb va istiqbolli masalalarini ko`rib chiqdi.

Shuningdek, uchrashuvda Aleksey Miller hamda Jo`rabek Mirzamahmudov gaz sohasidagi hamkorlik bo`yicha "yo`l xaritasi"ni imzoladi.

"Tomonlar o`zaro hamkorlikning dolzarb va istiqbolli masalalarini ko`rib chiqdilar", deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, 18 yanvarda rus kompaniyasi Qozog`iston tomoni bilan ham xuddi shunday hujjatni imzolagan edi.
  
Avvalroq esa Rossiya Qozog`iston va O`zbekiston bilan uch tomonlama gaz ittifoqi tuzish bo`yicha harakatlarni boshlagani ma`lum qilingan, vazir Mirzamahmudov esa bu qandaydir ittifoq ko`rinishida emas, balki "import shartnomalari orqali sotib olish bo`yicha muzokaralar olib borish" fonida yuz berishi mumkinligini aytgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar