AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi.

Bosh kotib davlatimiz rahbarini O`zbekistonning Tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi. Savdo, iqtisodiyot, qishloq xo`jaligi, energetika, turizm va boshqa yo`nalishlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar va o`tkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli sur`at bag`ishlagani ta`kidlandi.

Uchrashuvda mintaqaviy o`zaro bog`liqlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda O`zbekistonning Tashkilotga a`zo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga o`sgani, qo`shma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga ko`paygani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tashkilotning navbatdagi sammitini joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida o`tkazishga har tomonlama tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Bo`lajak tadbir kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida ta`kidlandi.

Uchrashuv yakunida Bosh kotib Xusrav Noziriy Tashkilot kotibiyati IHT doirasidagi ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar