AsosiyJamiyat

Ispaniya O`zbekistonga jamoat transportini rivojlantirish uchun pul ajratishi mumkin

'Ispaniya O`zbekistonga jamoat transportini rivojlantirish uchun pul ajratishi mumkin'ning rasmi

Bugun, 24 yanvar kuni Transport vaziri o`rinbosari Abdusamat Mo`minov Ispaniyaning “Banco Santander” bankining Eksport va moliya masalalari bo`yicha mintaqaviy menejeri David Plaza Gonsales bilan uchrashdi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar transport va yo`l xo`jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalarni ushbu bankining imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda amalga oshirish imkoniyatlarni muhokama etishdi.

Xususan, David Gonsales temir yo`l transporti sohasida amalga oshiriladigan loyihalar, ya`ni zamonaviy elektropoezdlarni xarid qilish, respublikada jamoat transportini rivojlantirish yo`nalishida avtobuslar xarid qilish loyihalariga Ispaniya xorijiy kreditlarini jalb qilish masalasini ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Transport vazirligi Ispaniya tomoniga diplomatik kanallar orqali respublikada uzoq muddatga mo`ljallangan transport sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar ro`yxatini taqdim etishini bildirdi. 

    Boshqa yangiliklar